Senator amaldagi Konstitutsiyada bor normani yangi Konstitutsiya loyihasiga kiritishni taklif qildi
«Konstitutsiyaga «Xotin-qizlar va erkaklar qonun oldida teng huquqlidirlar» degan norma kiritilishini taklif qilaman», dedi senator Abira Husaynova. Bunaqa qoida O‘zbekiston Konstitutsiyasida 30 yildan beri bor.
Oliy Majlis Senati a’zosi amaldagi Konstitutsiyada mavjud gender tengligiga doir normani yangi Konstitutsiya loyihasiga taklif sifatida berdi. Senatorning ushbu taklifi “Milliy tiklanish” siyosiy partiyasi gazetasining 2022 yil 4 iyundagi sonida chop qilingan.
“O‘zbekistonda gender tengligini baholashda tarixiy-milliy qadriyatlar e’tiborga olinishi barobarida, bu aholining erkinligiga ham putur yetkazmasligi kerak. Ma’lumki, tarixiy-milliy qadriyatlarimiz ham erkaklar, ham ayollar zimmasiga birdek vazifalar qo‘yadi. Ayrim hollarda bundan bir tomonlama xulosa chiqarilayotgani ham bor gap. Shuning uchun Konstitutsiyada “Xotin-qizlar va erkaklar qonun oldida teng huquqlidirlar”, degan norma kiritilishini taklif qilaman”, – deya yozgan senator bo‘lish birga, Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili hisoblanuvchi Abira Husaynova.
U taklif qilgan norma O‘zbekistonning amaldagi Konstitutsiyasida bor. Bosh qomusning 46-moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb yozilgan.
So‘nggi yillarda jamiyatda ko‘p murojaat qilinayotgan bu norma Konstitutsiya qabul qilingan 1992 yildan beri o‘zgarmagan va amalda bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili XDP va “Adolat” partiyalari rahbarlari partiyalar saytida e’lon qilgan maqolalari uchun plagiatda ayblangan edi. O‘shanda Kun.uz'ning bir nechta manbalari aytgandiki, parlament a’zolarining o‘zlari amalda hech narsa yozishmaydi, buning uchun kimlardir ter to‘kishi odatiy holga aylanib ulgurgan.
Mavzuga oid
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024