“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijroçi direktorining maslahatçisi – Axborot va jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi boşliği, sobiq deputat Şuhrat Dehqonov Facebook'dagi sahifasi orqali XDP va “Adolat” partiyalarining parlamentdagi fraksiyalari rahbarlariga oçiq xat yölladi.

Kun.uz “Öz fikringiz yöqmi, hurmatli liderlar?” nomli oçiq xat muallifi Şuhrat Dehqonov bilan boğlandi.

Şuhrat Dehqonov

“2021 yilning 30 iyun kuni “Milliy tiklaniş” gazetasining 22 (1124)-sonida mening “Yoşlar – davlatning katta kuçi, strategik resursi” nomli maqolam e'lon qilindi. Uşbu maqolamni yanada kengaytirib, fakt va raqamlar bilan boyitib, “Faol va taşabbuskor avlod – Yangi Özbekiston drayveri” nomi bilan Özbekiston Milliy axborot agentligiga taqdim etdim va bu maqola ham 30 iyun kuni soat 16.49 da ÖzA saytida qisqartirib e'lon qilindi.

Ançagina izlanganman, ter tökkanman, miya qotirganman, xullas injiqroq odamman-da, könglim tölmasdan bu maqolani tölaligiça özim işlayotgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazining saytiga ham berdim.

Ertasiga, ya'ni 1 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining rasmiy saytida spiker örinbosari, ÖzXDP rahbari Uluğbek Inoyatov “Yoşlar manfaatlari yölida kuçimizni ayamaymiz” nomli maqolasiga közim tuşib, hayratdan yoqa uşladim. Çunki bu oxirida xulosa sifatida bitilgan ikki oğiz gapni aytmaganda, boşdan oyoq aynan mening maqolam edi!

Boz ustiga, Uluğbek Ilyasoviç prezidentimizning Yoşlar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasiga munosabat tarzida mazkur maqolani 1 iyul kuni ÖzA saytida ham e'lon qilib yuboribdilar.