O‘zbekiston | 08:50 / 15.02.2021
25402
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yangi universitet tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “International School of Finance Technology and Science” mas'uliyati cheklangan jamiyatining International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, biznes boshqaruvi, moliyaviy tahlil, moliyaviy risk boshqaruvi hamda boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, jumladan xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish;
  • O‘zbekiston davlat korxonalari va boshqa korxonalar xodimlarining malakasini oshirish, xorijning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
  • ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.

Universitet Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Salor” shaharcha fuqarolar yig‘ini, Oliygoh ko‘chasi, 2-uy manzilida tashkil etiladi.

Mavzuga oid