Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
O‘zbekistonda reytingi eng yuqori 100 ta maktab, 100 ta bog‘cha, 20 ta texnikum va 10 ta oliygoh pedagoglariga ichki yo‘nalishlardagi samolyot va poyezd chiptalariga yilda bir marta 15 foizgacha chegirma berish tartibi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. “Afrosiyob” va “Jaloliddin Manguberdi” kabi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar istisno qilinyapti.
Foto: Yevgeniy Sorochin / YUNISEF
O‘zbekistonda pedagoglarga mamlakat bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezd chiptasi narxiga chegirma berilishi mumkin. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Mazkur tashabbusni 2025 yil sentabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi.
Qaror loyihaga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab quyidagi pedagoglarga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun avia va temir yo‘l chiptasiga yilda bir marta chegirma berish tartibini doimiy asosda joriy etish taklif etilmoqda:
- respublika reytingida yuqori yuztalikka (top-100) kirgan umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga;
- top-20 talikka kirgan texnikumlar pedagoglariga;
- top-10 talikka kirgan oliy ta’lim tashkiloti pedagoglariga.
Bunda samolyot va poyezdning (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd bundan mustasno) erkin sotuvda bo‘lgan ekonom-klass, platskart yoki kupe tipidagi vagon chipta narxining tarif qismiga 15 foiz chegirma beriladi. Bunda sayohat bevosita (boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazishsiz borish va kelish uchun) amalga oshiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi reytingga kirgan ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan airways kompaniyalariga doimiy ravishda taqdim etib boradi. Ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish istagini bildirgan har bir pedagogga ish joyi va lavozimi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.
Mavzuga oid
21:35
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
13:38
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
17:38 / 12.05.2026