Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qadimiy Buxoro» sayyohlik hududi barpo etishda Alisher Usmonov ham ishtirok etadi
2017 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «2017–2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2980-sonli qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Qarorda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish, sayyohlarning madaniy merosimizning noyob obektlari bilan keng tanishishlari uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratish, mintaqada zamonaviy sayyohlik infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta'minlash, sayyohlik, mehmonxona va transport xizmatlarining zamonaviy talablarga muvofiq holda turlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida bir talay chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Xususan, qaror matnida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki «Qadimiy Buxoro» sayyohlik hududi loyihasini moliyalashtirish sxemasini tashkillashtiruvchi vakolatli bank etib belgilangan bo‘lsa-da, shu jumladan kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik ishbilarmon Alisher Burxonovich Usmonovning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va xayriya mablag‘laridan ham foydalanish nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, Buxoro shahri brendini olg‘a siljitish va mashhur qilish yuzasidan keng reklama kampaniyasi o‘tkazish, xususan, «Ipak va ziravorlar», «Qovun sayli», «Shahar kuni», «Sharq taomlari», «Buxoro hunarmandlari» kabi festivallar tashkil etish, xorijiy sayyohlik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-turlar tashkillashtirish, shuningdek, ommabop xorijiy telekanallarda va maxsus veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda shaharning tarixi va osori atiqalariga bag‘ishlangan ma'lumotlar joylashtirish orqali sayyohlik salohiyatini ilgari surish belgilab berilgan.
Mavzuga oid
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026