Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya), Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi hamda tegişli taşkilotlar hamkorligida navbatdagi reyd tadbirlari ötkazildi.
Reyd davomida Buxoro viloyati Peşku tumani çöl hududida 2 nafar şaxs tomonidan 8 dona kulrang ğoz heç qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ovlangani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar — 3 mln 296 ming söm, şuningdek BHMning 50 barobari miqdorida jarima tayinlandi. Noqonuniy ovlangan ğozlar olib qöyilib, hujjatlar sud organlariga yuborildi.

Boşqa bir holatda esa Buxoro şahri Markaziy bozori avtoturargohida fuqaro F.M. yölbarssimon böğma ilon yordamida “sirk tomoşasi” ötkazayotgani ma’lum böldi. Reyd paytida ilonga tegişli heç qanday hujjatlar mavjud emasligi hamda saqlaş talablari buzilgani aniqlanib, hayvon tegişli tartibda olib qöyildi. Ilon veterinariya körigidan ötkazilib, vaqtinçalik saqlaş uçun Somoniy boğida taşkil qilingan hayvonot boğiga joylaştirildi.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 5 noyabrdagi 736-sonli qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy şaxslarga yovvoyi hayvonlarni yarim erkin şaroitda, sun’iy yaratilgan joylarda yoki tutqunlikda saqlaş taqiqlangan. Şuningdek, uşbu hayvonlardan davlat va köçma sirklarda tomoşalar uçun foydalaniş ham mumkin emas.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 92-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar tegişli çora köriş uçun sud organlariga yuborildi.

















