Jahon | 18:17 / 18.05.2021
12197
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Rossiyaning ikki aviakompaniyasiga mamlakatga parvoz qilishni taqiqladi

Tojikiston fuqaro aviatsiyasi agentligi Rossiyaga muntazam reyslar uchun chiptalar narxini 500 dollardan oshirmaslikni talab qilishiga qaramasdan, chiptalar narxlari 1200 dollarga yetgan.

Foto: Izvestiya

Tojikiston yuqori narxda chipta sotgani uchun Rossiyaning «Severniy veter» va S7 Airlines aviakompaniyalarining mamlakatga parvozlarni amalga oshirish ruxsatnomasini to‘xtatib qo‘ydi

Qayd etilishicha, Tojikiston fuqaro aviatsiyasi agentligi Rossiyaga muntazam reyslar uchun chiptalar narxini 500 dollardan oshirmaslikni talab qilishiga qaramasdan, chiptalar narxlari 1200 dollarga yetgan.

 12 maydan buyon yo‘lovchilar Dushanbe va Xo‘janddan mazkur aviakompaniyalar sotgan chiptalar bilan ucholmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni Tojikiston aviatsiya rahbariyati Rossiya aviakompaniyalaridan ikki kun ichida chipta narxlarini pasaytirishni talab qilgan, aks holda fuqaro aviatsiyasi agentligi tegishli choralarni ko‘rishini bildirgandi.

O‘shanda Ikrom Subhonzoda bahor-yoz mavsumida Rossiyaga parvoz qilishni istagan tojikistonliklar soni ko‘paygani, Rossiya aviakompaniyalari esa «aviachiptalar narxini oshirib», bundan foydalanayotganini aytgandi.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi muntazam aviaqatnovlar uchun Dushanbedan Moskvaga borish-qaytish aviachiptasi narxini 500 dollar etib belgilagan.

Mavzuga oid