Rostov-Don şahri va Myasnikovskiy tumanida tört kişi, jumladan 4 yoşli bola, havo hujumi oqibatida yaralangan. Bu haqda Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar 14 yanvar, çorşanbaga ötar keçasi Telegram’da xabar berdi. Uning aytişiça, “jabrlanganlarning ahvolini şifokorlar örta oğirlikda, deb baholamoqda”. Şuningdek, gubernator “dron parçalari tuşişi natijasida” nomi aytilmagan sanoat korxonasida yonğin kelib çiqqanini qöşimça qildi.

Rostov-Don meri Aleksandr Skryabinning ma’lum qilişiça, havo hujumi tufayli şaharning köp qavatli uylaridagi ayrim xonadonlarda yonğin çiqqan. Mer Telegram’dagi xabarida “sanoat korxonasi binolarida ham yonğin kuzatilmoqda” deya qayd etgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi navbatçi havo mudofaasi vositalari qöşib olingan Qrim hududi va Rossiyaning beşta mintaqasi ustida “samolyot turidagi” 48 ta ukrain uçuvçisiz apparatini urib tuşirgani haqida hisobot berdi. Ulardan 25 tasi Rostov viloyatida ekani aytilgan.

Ukrain monitoring kanali Exilenova+ ma’lumotlariga köra, Rostov-Don şahrida dronlar “Empils” zavodi hududidagi neft mahsulotlari saqlanadigan rezervuarlarga zarba bergan. “Olov kuçayayotgani xabar qilinmoqda. Rossiya havo mudofaasi ham uylar tomon, ham rezervuarlar tomon işlayapti”, — deb yozgan kanal va voqea joyidan foto hamda videolarni Telegram’da e’lon qilgan.

Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi xabar çop etilgan vaqtgaça Rostov viloyatidagi voqealarni izohlamagan.

14 yanvar tungi vaqtda Rossiya dronlarining Kriviy Rig şahriga ommaviy hujumi oqibatida 45 mingdan ortiq abonent elektr ta’minotisiz, 700 dan ortiq uy esa issiqlik ta’minotisiz qolgan. Bu haqda şahar mudofaa kengaşi rahbari Aleksandr Vilkul Telegram’da xabar berdi. Ukraina Havo kuçlari ma’lumotiga köra, Kriviy Rig Shahed turidagi dronlar bilan kuçli hujumga uçragan.