Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada sayyohlar soni mamlakat aholisi sonidan o‘zib ketish arafasida
Bolgariya turizm vaziri vazifalarini bajaruvchi Nikolina Angelkova 2016 yilda Bolgariyaga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar sonining o‘sish dinamikasidan kelib chiqib, bu ko‘rsatkichning yil oxiriga borib, 8 millionga yetishi hamda mamlakat aholisi sonidan oshib ketishini taxmin qilmoqda. Bu haqida rus.bg portali ma'lum qildi.
"Biz Bolgariya turizmi tarixida misli ko‘rilmagan kuchli yilni kuzatmoqdamiz. Birinchi to‘qqiz oy ichida Bolgariyaga 7,5 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu esa 2014 yildagi bir yillik ko‘rsatkichdan ko‘pdir", - dedi u Bolgariya turizmi vakillarining UNWTO (jahon sayyohlik tashkiloti) bosh kotibi Tolib Rifoiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
"Agar shu maromda davom etsa, u holda yil oxiriga borib, xorijiy sayyohlar soni 8 million chegarasidan o‘tadi - bu esa mamlakat aholisidan ko‘p degani", - deya aniqlik kiritdi Angelkova.
2014 yil baholariga ko‘ra, Bolgariya aholisi 7,2 million kishidan iborat.
Nikolina Angelkova ikki yil ichida sohaning barqaror rivojlanishida salmoqli natijalarga erishilgani va me'yoriy o‘zgarishlarni qabul qilish jadallashtirilganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
11:52 / 16.12.2025
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
11:19 / 13.12.2025