Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: GM Uzbekistan zavodida avtomobillar qanday ishlab chiqariladi
GM Uzbekistan kompaniyasi Andijon viloyatining Asaka shahridagi zavodda Nexia Ravon avtomobilining ishlab chiqarish jarayoni tasvirlangan videoni taqdim etdi.
Ma'lumot uchun, GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Asakadagi zavoddan tashqari, Toshkent shahri va Xorazm viloyatining Pitnak shahrida filiallarga ega bo‘lib, Asakadagi zavod ishlab chiqarish quvvati 230 ming avtomobilni, Pitnakdagisi 40 ming, Toshkentdagi filial esa 10 ming avtomobilni tashkil etadi.
Ayni damda GM Uzbekistan zavodida 10 modeldagi avtomobil ishlab chiqariladi, ulardan «Matiz», «Spark», «Nexia», «Cobalt», «Lacetti» Asaka shahridagi asosiy zavodda chiqarilsa, «Captiva», «Malibu» modellari Toshkent shahridagi filialda ishlab chiqariladi. «Orlando», «Damas», «Labo» modellari esa Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.
Mavzuga oid
21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
18:24 / 08.04.2025
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
23:42 / 19.03.2025
Andijonda «Zil» yuk mashinasi yonib ketdi
07:25 / 20.04.2024