Andijon viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Asaka tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 8 aprel kuni soat 13:10 larda Asaka tumani Yangisor mahallasi hududida ikkinçi darajali yöldan harakatlanib kelayotgan «Zil MMZ» rusumli yuk maşinasi yöl böyidagi xonadonga borib urilgan. Hodisa transport vositasining tormoz tizimida kelib çiqqan texnik nosozlik sabab yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan köriş mumkinki, «Zil» xonadon devorini buzib kirib ketgan va uning ustiga uy tomining bir qismi qulab tuşgan.
Uşbu yöl-transport hodisasi oqibatida yuk maşina haydovçisi olgan tan jarohati bilan tuman şifoxonasiga yotqizilgan. Boşqa fuqarolarga zarar yetmagan.
Holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.








