Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda «Zil» yuk mashinasi yonib ketdi
Yong‘inga transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Andijon viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida yuk mashinasi yonib ketgani yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 19 mart kuni soat 22:00 larda Asaka tumani Navoiy MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobi yo‘lida 31 yoshli U.Sh. boshqaruvidagi «Zil-130» yuk mashinasida yong‘in chiqqan.
Ta’kidlanishicha, yong‘inga transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Ushbu yong‘in FVB Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Yong‘in yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Asaka tumani FVB tomonidan olib borilmoqda. «Barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarishdan avval uning texnik sozligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng yo‘lga chiqishlarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Bir necha kun oldin Zomin tumani Dashtobod shaharchasida «Zil-130» rusumli yuk avtomobilida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:51 / 09.02.2026
Toshkentda davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari davom etmoqda
08:34 / 08.02.2026
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
09:52 / 05.02.2026
Yashnobodda ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
09:11 / 05.02.2026