O‘zbekiston prezidenti BAA bilan yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda Masdar kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, TAQA rahbari Jasim Husayn Tabet, TAQA Water Solutions rahbari Ahmad al-Shamsiy va Etihad Water & Electricity rahbari Yusuf al-Ali ham ishtirok etdi.
Mazkur kompaniyalar energiya va suv ta’minoti, tozalash tizimlarini boshqarish sohasida jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchi va operatorlar hisoblanadi.
Mamlakatda "yashil" energetika, kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari energetika sohasidagi strategik sheriklik ikki tomonlama hamkorlikning lokomotivi bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi.
Bu borada umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik 5 ta loyiha birgalikda ishga tushirildi. Dekabr oyida Navoiy viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi, yana bir qator obektlar qurilishi faol bosqichga kirgan.
O‘zbekiston prezidenti kompaniyalarning mamlakat hududlarida mavjud issiqlik elektr stansiyalari quvvatlarini kengaytirish, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi GESlar, elektr energiyasini saqlash tizimlari, yirik quyosh va shamol stansiyalari qurilishini jadallashtirish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.
Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida suv ta’minoti tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tozalash inshootlarini barpo etish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

00:31 / 28.04.2025
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili

15:50 / 22.04.2025
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV

12:30 / 22.04.2025
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi

11:01 / 15.04.2025