BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
Fujayrada yoqilg‘i tashuvchi kemalardan sizgan neft bir necha mehmonxona plyajlari yaqinida sohilga chiqib ketgan. Turistlar issiq quyosh va yumshoq qumlardan bahra olish o‘rniga achqimtir qo‘lansa hid va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlardan
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida neft mahsulotlari dengizga to‘kilishi oqibatida, mazut bir nechta mehmonxona plyajlarning sohillarigacha sizib chiqqan va qo‘lansa hid hatto dengizdan 5 km uzoqda ham sezilmoqda.
Voqea ro‘y berganiga 4 kun bo‘lgan. Plyajlar 11 apreldan beri tozalanmoqda, biroq hamon vaziyat ancha og‘irligicha qolmoqda — so‘nggi kunlarda dengiz sohilida yangi mazut chiqindilari qayd etilgan. Dengiz ayrim joylarda qora tusga kirgan, qumda esa katta-katta mazut dog‘lari qolmoqda.
Mash Telegram kanalining BAAda dam olayotgan rossiyalik turistlarga asoslanib yozishicha, mehmonxonalar yaqinida dengizda cho‘milish va sohilda sayr qilish imkonsiz darajaga kelib qolgan. «Odatda odam gavjum bo‘ladigan plyajlar bo‘m-bo‘sh — issiq havoda mazutning achqimtir va yoqimsiz hidi muallaq turibdi», degan turistlar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dengizni tozalash uchun kamida yana bir necha kun talab etiladi. Hozircha sohilga yaqinlashgan turistlar nafaqat ko‘ngildagidek dam ololmayotganidan, balki sog‘lig‘iga xavf soluvchi alomatlardan ham aziyat chekishmoqda: o‘nlab turistlar qayt qilish, bosh og‘rig‘i va og‘izda achchiq ta’mdan shikoyat qilgan.
Ekologik falokat hududida kamida to‘rtta mehmonxona bor: Novotel Fujairah, Ibis Fujairah, Al Bahar va Palace Beach Resort Fujairah. Mehmonxonalar ma’muriyati bu holni «tabiiy hodisa» deb baholamoqda va mehmonlarga yordam berishni rad etmoqda — ularga na kompensatsiya to‘langan, na tibbiy ko‘rikdan o‘tishda yordam qilingan. Turistlar o‘z hisobidan boshqa apartamentlarga ko‘chib o‘tmoqda.
Xabar qilinishicha, plyajlar ikki haftaga yopilgan. Mazut chiqindilarini hamon tozalashga ulgurishmayapti — dengizga yaqin joylarga yana yangi neft quyqalari oqib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya Rossiya bilan chegara yaqinida harbiy baza quradi
Jahon | 19:12
-
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
Jahon | 19:01
-
O‘zbekiston media bozori transformatsiyasi: Ledokol Group’ning 17 yillik faoliyati fonidagi tahlil
O‘zbekiston | 19:00
-
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
Jahon | 18:19
Mavzuga oid

15:50 / 22.04.2025
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV

12:30 / 22.04.2025
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi

10:05 / 11.04.2025
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi

22:17 / 10.04.2025