Turkiyaning Istanbul şahrida joylaşgan xalqaro advokatlik guruhi – Worldwide Lawers Association (WOLAS) Özbekistonning BAAda ölim jazosiga hukm qilingan uç nafar fuqarosining xalqaro himoyasi borasida bayonot bilan çiqdi. WOLAS advokatlari sud-tergov jarayonlari şaffof ötgani, sud mustaqilligi va Özbekiston fuqarolarining huquqlariga rioya qilinganiga şubha bildirmoqda.

Huquqşunoslar BAA Oliy sudining jinoyat işlari böyiça kollegiyasidan ölim hukmini bekor qilib, mazkur işni siyosiy emas, yuridik mezonlarga asoslangan holda qayta körib çiqişni söragan.

Xususan, «işning maxsus sudda körilgani – şaffoflik va yetarli darajada yuridik yordam mavjud bölmaganiga, ehtimoliy qiynoqlar orqali olingan iqrorlik, terrorizmga qarşi kuraşning ramziy belgisi sifatidagi oğir jazo, siyosiy bosimlar va BAA–Isroil munosabatlari iliqlaşuvi fonida hukm çiqarilgan» bölişi mumkinligiga e’tibor qaratilgan. Şuningdek, WOLAS bayonotida xalqaro inson huquqlari normalari, xususan, yaşaş huquqi, qiynoqlardan himoya va adolatli sud tamoyillari buzilişi muhokama qilingan.

Birlaşgan Arab Amirliklari qonunçiligiga köra, ölim jazosi hukmlari ustidan avtomatik ravişda apellyatsiya qilinadi hamda körib çiqiş va qaror qabul qiliş uçun Federal Oliy sudning jinoyat işlari böyiça kollegiyasiga yuboriladi. Bundan taşqari, amirlikda har qanday ölim jazosini ijro etişda – sud tomonidan tekşirilgandan söng BAA prezidenti imzosi talab qilinadi.

WOLAS Özbekiston hukumatini fuqarolarini himoya qilişda faolroq bölişga, BMT organlarini esa holatni tergov qilişga çaqirgan. Advokatlar uşbu murojaatini Özbekiston taşqi işlar vazirligi, BAA adliya va taşqi işlar vazirligi, Inson huquqlari böyiça BMT Oliy komissari, Suddan taşqari yoki özboşimçalik bilan qatl qiliş böyiça maxsus ma’ruzaçi hamda Qiynoqlar böyiça maxsus ma’ruzaçiga rasman yuborgan.

Xususan, Özbekistonga quyidagilar taklif qilingan:

  • Diplomatik majburiyatlarni bajariş – fuqarolarini himoya qiliş böyiça xalqaro va konstitutsiyaviy majburiyatlarini ado etiş;
  • Konsullik iştirokini kuçaytiriş – BAA rasmiylari bilan faol muloqot örnatiş va konsullik yordamini ta’minlaş;
  • Fuqarolarni ölim jazosidan himoya qiliş – ular uçun barça qonuniy vositalarni işga soliş orqali jazoni yengillaştirişga harakat qiliş.