Birlaşgan Arab Amirliklari yangi qonunlar yaratiş, amaldagi qonunlarni qayta körib çiqiş va ularga özgartiş kiritiş uçun sun’iy intellektdan foydalaniladigan dunyodagi birinçi davlatga aylanadi. Bu haqda Financial Times naşri yozmoqda.

Naşrning ta’kidlaşiça, bu qaror davlat tomonidan sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça eng radikal uriniş bölib, unga milliardlab dollar investitsiya qilingan.

Mamlakat boş vaziri, Dubay amiri şayx Muhammad ibn Raşid Ol Maktumning ta’kidlaşiça, qonunçilik jarayoniga SIni joriy qiliş uni tezkor va aniqroq qiladi. Uning sözlariga köra, tizim muntazam ravişda qonunçilikka özgartişlar taklif qilib boradi va hukumat kutayotgan natijalarga köra, bu qonunçilik faoliyatini 70 foizga tezlaştiradi.

Rejaga köra, barça federal va mahalliy qonunlar, sud pretsedentlari hamda turli davlat idoralarining ma’lumotlarini öz içiga olgan keng qamrovli ma’lumotlar bazasi yaratiladi. SI uşbu ma’lumotlarni tahlil qiladi, qonunçilikka özgartişlar kiritiş böyiça takliflar şakllantiradi va ularning iqtisodiyot hamda jamiyatga ta’sirini baholaydi. Qonunlar yaratiş jarayoniga SIni integratsiya qilişni koordinatsiyalaş Regulatory Intelligence Office nomli maxsus tuzilma zimmasiga yuklatilgan.

Şu bilan birga, mutaxassislar uşbu taşabbusning ehtimoliy xatarlari haqida ogohlantirmoqda.

Oksford universiteti tadqiqotçisi Vinsent Ştraub ta’kidlaşiça, SI işonçsiz yoki hatto yolğon natijalarni taqdim etişi mumkin, uning mantiqiy xulosalari esa har doim ham tuşunarli bölmaydi. Uning ta’kidlaşiça, qonun yaratiş kabi muhim sohada maşinalar algoritmiga suyangan holda iş yuritiş xavfli bölişi mumkin.