Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga 100 million dollar kredit ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda raqobatbardosh moliyaviy bozorlar yaratilishi uchun qulay muhit yaratish va institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollarlik kredit ajratilishini ma'qulladi.
Foto: Getty Images
Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lumot berilmoqda.
OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirayotgan paytda xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun mustahkam va raqobatbardosh ichki moliyaviy bozorlar muhim ahamiyatga ega. OTB O‘zbekistondagi moliyaviy bozorlarni rivojlantirishga yordam beradi va xususiy investitsiyalarni rag‘batlantiradi. Bu iqtisodiy o‘sishning asosiy omili va yangi ish o‘rinlarining muhim manbai hisoblanadi.
Qayd etilishicha, dasturdan nazorat tizimlarini rivojlantirish va birja savdolariga qo‘yiladigan fondlarni kuchaytirish kabi masalalar ham o‘rin olgan.
Bank moliyaviy sektori bosh mutaxassisi Sayid Ali Mumtoz X. Shah so‘zlariga ko‘ra esa, ushbu yordam O‘zbekiston moliya tizimidagi zaifliklarni kamaytirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantiradi va mavjud moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qiladi.
Bundan tashqari, dastur doirasida amalga oshiriladigan islohotlarni qo‘llab -quvvatlash uchun 500 ming dollarlik texnik yordam granti ajratiladi.
Avvalroq, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston bo‘yicha prognozlarini yangilagan edi va bu yil mamlakat iqtisodiyoti 5 foiz, kelasi yilda esa 5,5 foiz o‘sishi kutilayotganligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025
O‘zbekiston OTB bilan kengaytirilgan strategik sheriklik dasturini ishlab chiqmoqda
10:56 / 23.10.2025
OTB O‘zbekistonda STEM ta’limini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratdi
21:16 / 09.09.2025