Uçraşuvda Özbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oşiriş doirasida keng kölamli hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Ta’kidlanişiça, Özbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkori bölib qolmoqda – qöşma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oşdi. Şuningdek, “yaşil” energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boşqa yönalişlarda umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod loyihalar işlab çiqilmoqda. Suveren bölmagan moliyalaştiriş mexanizmlari faol joriy etilmoqda.
OTB Boşqaruvçilar kengaşining 2026 yil may oyida Samarqand şahrida bölib ötadigan yillik yiğilişiga tayyorgarlik körişga alohida e’tibor qaratildi.

Mirziyoyev bölajak tadbir doirasida OTB bilan Kengaytirilgan strategik şeriklik dasturini imzolaş, unda infratuzilmani rivojlantiriş, texnik va muhandislik kadrlarini tayyorlaş, xotin-qizlar va yoşlarni yangi kasblarga öqitiş, kambağallikni qisqartiriş, ipoteka bozori va xususiy sektorni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratiş taşabbusini ilgari surdi.
Bankning yirik milliy va mintaqaviy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşda, şuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida transport, energetika va savdo loyihalarini ilgari surişda faol iştirok etişi muhim ekani ta’kidlandi.
OTB prezidenti Masato Kando Yangi Özbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.












