Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18 noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masato Kando boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat avvalida OTB rahbari strategik şeriklikning 30 yilligi, şuningdek, 2025–2026 yillarda bank Boşqaruvçilar kengaşiga raislik Özbekistonga ötgani munosabati bilan davlat rahbarini tabrikladi.

Uçraşuvda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oşiriş doirasida OTB bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanişiça, Özbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkorlaridan biri bölib, qöşma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oşib ketgan. Şu bilan birga, “yaşil” energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boşqa yönalişlarda umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod yangi loyihalar işlab çiqilmoqda, suveren bölmagan moliyalaştiriş mexanizmlari faol joriy etilmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev uçraşuv çoğida OTB bilan Kengaytirilgan strategik şeriklik dasturini işlab çiqiş va imzolaş taşabbusini ilgari surdi. Uşbu dasturda quyidagi ustuvor yönalişlarga alohida e’tibor qaratiş taklif etildi:
- infratuzilmani rivojlantiriş;
- texnik va muhandislik kadrlarini tayyorlaş;
- xotin-qizlar va yoşlarni yangi kasblarga öqitiş;
- kambağallikni qisqartiriş;
- ipoteka bozorini rivojlantiriş;
- xususiy sektor faoliyatini keng qöllab-quvvatlaş.
Uçraşuvda, şuningdek, OTB Boşqaruvçilar kengaşining 2026 yil may oyida Samarqand şahrida bölib ötadigan yillik yiğilişiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi. Özbekiston tomoni bu tadbirni bank bilan kengaytirilgan strategik şeriklikni mustahkamlaşda muhim maydon sifatida qarayotgani ta’kidlandi.

OTB prezidenti Masato Kando mamlakatdagi keng kölamli yangilanişlarni yuqori baholadi va Yangi Özbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini amalga oşirişga bank tomonidan har tomonlama kömak körsatişga tayyorligini bildirdi.












