O‘zbekiston | 20:30 / 17.10.2017
13279
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahrida turizm zonasi barpo etiladi

Foto: LiveInternet

2017-2019 yillar davrida «Qadimiy Buxoro» turizm zonasini qurish loyihasini amalga oshirish uchun Buxoro shahridagi G‘ijduvon ko‘chasi va «Ko‘hna va boqiy Buxoro» madaniy-ma'rifiy kompleksi oralig‘ida 10,0 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov imzolagan «Qadimiy Buxoro» turizm zonasini qurish« loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorda keltirib o‘tilgan.

Qarorda aytilishicha, «Qadimiy Buxoro» turizm zonasi hududini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasi xalqaro tajribani hisobga olgan holda uch oy muddatda ishlab chiqiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va «NBU Bukhara Invest»​ MChJga Buxoro viloyati bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida alohida obektlar qurilishi uchun, shu jumladan sarmoyadorlar ishtirokida 100 foizgacha ulushli korxonalar barpo etish huquqi berildi.

Bundan tashqari, har ikki muassasaga ham obektlarni loyihalash va qurishga, shu jumladan xorijiy arxitektorlar, muhandislarni jalb qilishga, shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolar o‘tkazmasdan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan pudrat tashkilotlarini, tovar yetkazib beruvchilarni Prezident huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi bilan majburiy tartibda kelishib olishga ruxsat etildi.

Mavzuga oid