Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari mamlakatda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni kutib oldi.
Tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.














