Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
Toshkent viloyatidagi tumanlardan birida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan shaxs tadbirkordan jami 63 ming dollar talab qilib, undan 25 mingini olayotganda ushlangani aytilmoqda. Mansabdor pulni 5,04 mlrd so‘mlik qurilish shartnomalarini olib bergani uchun so‘ragan.
Foto: DXX
Toshkent viloyati tumanlaridan birining FVB rahbari tadbirkordan pora talab qilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Mansabdor MChJ rahbariga tuman hududidan oqib o‘tuvchi uchta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va beton plitali yo‘l o‘tkazgichlar qurish bo‘yicha 5,04 mlrd so‘mlik shartnomani go‘yoki vazirlikdagi hamkasblari orqali olib berganini ro‘kach qilgan.
Shu sababli undan 63 ming dollar miqdorida ulush talab qilgan va mart-aprel oylarida puldan 24 ming dollarini olgan.
FVB rahbari tadbirkordan qolgan 39 ming dollarini ham berishini so‘ragan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u puldan 25 ming dollarini Tracker xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:51 / 24.04.2026
Chirchiq shahrida ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
08:32 / 23.04.2026
Namanganda ikki nafar bosh mutaxassis pora bilan ushlandi
21:32 / 21.04.2026