Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
O‘zgidromet Jizzax viloyatining Forish tumanidagi yo‘lga yashin tushgani haqida xabar berdi. Tuman hokimligi buni rad etib, O‘zgidromet e’lon qilgan suratni sun’iy intellekt mahsuli deb atadi.
Jizzaxda yashin tushgani haqidagi xabar ortidan agentlik va hokimlik ma’lumoti bir-birini rad etib qoldi.
O‘zgidromet 13 fevral kuni soat 22:05 da Forish tumani Yangiqishloq shaharchasidan o‘tgan avtomobil yo‘liga yashin tushgani haqida xabar berdi. Agentlik xabarga qo‘shimcha ravishda go‘yoki voqea joyidan olinganini anglatuvchi suratni e’lon qilgan va hodisa oqibatida hech qanday talafotlar kuzatilmaganini bildirgan.
Holat yuzasidan Forish tumani hokimligi rasmiy munosabat berdi. Hokimlik o‘z munosabatida O‘zgidromet xabarini rad etgan.
“Forish tumani hokimligi rasmiy manbalariga ko‘ra, ushbu video va fotosuratlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda aks etgan holat tuman markazida sodir bo‘lgan voqeani ifodalamaydi. Ma’lum qilinishicha, tarqalgan tasvirlar sun’iy intellekt orqali yaratilgan bo‘lib, voqelikka mos emas, deyiladi hokimlik xabarida.
Biroq hokimlikning rasmiy manbalari sifatida kim yoki qaysi tashkilot nazarda tutilgani ochiqlanmagan.
Shuningdek, hokimlik aholidan tasdiqlanmagan va asossiz ma’lumotlarga ishonmaslik, rasmiy manbalarga tayanish hamda yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘ragan. “Ishonchli ma’lumotlarni faqat rasmiy axborot kanallari orqali olish tavsiya etiladi”, deya qo‘shimcha qilingan ramiy munosabatda.
Avvalroq Forish hokimligi tumanda “kuchli yashin” kuzatilganini rad etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:35 / 17.02.2026
Xarita: Yer yuzida yashin eng ko‘p kuzatiladigan hududlar
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026
Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
09:33 / 14.02.2026