O‘zbekistonda tezkor tadbirda olingan farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi
Ular orasida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, yaroqlilik muddati tugagan va qalbakilashtirilgan dori vositalari aniqlangan.
O‘zbekistonda yanvar oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirda olingan farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi. Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tegishli organlar tomonidan yanvar oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 408 ta holatda ushlangan mahsulotlar ekspertiza qilish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilindi.
Ushbu mahsulotlar Markaz laboratoriyalarida tekshirilganda 10 006 o‘ramdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlangan.
Jumladan:
2115 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan;
2756 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan;
2756 o‘ram — muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
2115 o‘ram — muvofiqlik sertifikati mavjud;
241 o‘ram — yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);
23 o‘ram — yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);
46 o‘ram – qalbakilashtirilgan.
Tahlillar natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar ta’sir choralarini ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid
17:57 / 19.11.2024
O‘zbekiston milliy regulyator organi ICH'ga kuzatuvchi maqomida rasman qabul qilindi
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
20:04 / 14.10.2024
Chilonzorda salkam 44 ming dollarga qalbaki dori sotganlar ushlandi
23:02 / 10.10.2024