Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyotda oshirilgan kontrakt bekor qilinishi mumkin
2026-2027 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlarida oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish tartibi bekor qilinishi mumkin.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasiga muvofiq, kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot yo‘nalishlarida oshirilgan kontrakt shakli amaliyoti tugatiladi. Mazkur o‘zgarish bakalavriat bosqichiga taalluqli bo‘lib, qabul jarayoni shaffoflik va sifat mezonlari asosida tashkil etiladi.
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra:
- bakalavriat, magistratura va rezidentura bosqichlarida har bir o‘quv moduli hamda davlat imtihonlari uchun minimal o‘tish balli shifokor mutaxassisliklari bo‘yicha 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 60 foiz etib belgilanadi;
- tor soha mutaxassislarini tayyorlash faqat rezidentura va magistratura orqali amalga oshiriladi, qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari bekor qilinadi;
- birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul tugatiladi.
Qaror loyihasida ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, klinik amaliyotni kuchaytirish, simulyatsion markazlarda o‘qitishni majburiy tarzda joriy etish hamda kadrlar tayyorlashda ta’lim, fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur chora-tadbirlar sog‘liqni saqlash tizimi uchun raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
08:31 / 07.04.2026