Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi 5 milliard yevrolik tinchlik jamg‘armasini tashkil etadi
Foto: GMP
Yevropa ittifoqi 5 milliard yevro mablag‘ga ega bo‘ladigan Yevropa tinchlik jamg‘armasini (EPF) tashkil etishga qaror qildi. Jamg‘arma mablag‘lari Yevropa ittifoqiga hamkor davlatlarga xavfsizlikni mustahkamlashda yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Mablag‘lar jamg‘armaning 2021-2027 yillardagi faoliyati uchun mo‘ljallangan. Maqsad esa Yevropa ittifoqining ixtiloflarni bartaraf etish, tinchlikni saqlash hamda xalqaro barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash qobiliyatini oshirishdan iborat. Pullar hamkor davlatlarga tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliyotlar, qurolli kuchlar jangovar qobiliyatini oshirishga ajratiladi.
“Mustahkam dunyoni xalqaro barqarorlik va xavfsizlikka sarmoya kiritish yo‘li bilan qurish mumkin. Yevropa ittifoqida bunga xohish bor va bugungi kunda zarur moliyaviy vositalar yaratilgan. Yevropa tinchlik jamg‘armasi hamkor davlatlarga xavfsizlik bilan bog‘liq umumiy muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatishimizga imkon beradi”, deb aytgan Portugaliya tashqi ishlar vaziri Augusto Santos Silva.
Avval Yevropa ittifoqi Afrika davlatlarida tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliyotlargagina ko‘mak ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025
Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish yangi jamg‘arma orqali amalga oshiriladi
18:08 / 22.11.2025