Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 23:10 / 04.04.2018
28478
2 daqiqa o‘qiladi
Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosarlari o‘zgardi
3 aprel kuni Jizzax viloyat hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda hokim o‘rinbosarlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21 va 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat hokimining yangi o‘rinbosarlari tayinlangan.
Xususan:
- viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Alisher Tursunpo‘latovich Xudayberdiyev o‘rniga G‘anisher Abdukarimovich Mamatqulov;
- viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Gulnora Mamadaliyevna To‘rayeva o‘rniga Nazira Abdusattorovna Muxtorova;
- viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Xo‘jamberdiyevich Jo‘rayev o‘rniga Akrom Bahritdinovich Rahmonqulov tayinlangan.
Mavzuga oid
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
11:04 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev “Afrosiyob” poyezdida Jizzax viloyatiga yo‘l oldi
21:36 / 25.11.2025