Mazkur majmua aholiga deyarli barça asosiy tibbiy xizmatlarni bir joyning özida körsatiş imkonini yaratadi. Zamonaviy tibbiyotda bunday klasterli yondaşuv tezkor diagnostika, yuqori texnologiyali davolaş va bemorlar uçun byurokratik jarayonlarni kamaytirişning eng samarali modeli sifatida e’tirof etilgan.

Markaz zamonaviy yetti qavatli binoda joylaşgan bölib, kuniga 400 nafargaça bemorni qabul qiliş quvvatiga ega. Statsionarda 344 ta örin mavjud. Umumiy qiymati 100 milliard sömdan ortiq bölgan MRT, MSKT, laboratoriya komplekslari, yuqori texnologiyali jarrohlik uskunalari örnatilgan.

Poliklinika, radiologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, oftalmologiya va urologiya kabi bölimlarning bir majmuada joylaşgani tibbiy xizmat körsatiş jarayonini tezlaştiradi, şifokorlar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiradi, bemorlar harakatini yengillaştiradi. Yangi imkoniyatlar tufayli yuqori texnologiyali operatsiyalar uçun navbatlarning qisqarişi loyihaning eng muhim ijtimoiy samarasi sifatida qayd etilmoqda.

Markaz işga tuşişi natijasida Jizzax aholisining respublika şifoxonalari yoki qöşni viloyatlarga borib davolanişi 75–80 foizga kamayişi kutilmoqda.

Tibbiyot klasteri doirasida Qozon federal universiteti bilan mahalliy mutaxassislar uçun malaka oşiriş, ilğor diagnostika va davolaş usullarini joriy etiş, zamonaviy tibbiy standartlarni özlaştiriş böyiça uzoq muddatli hamkorlik yölga qöyiladi.

Prezident soğliqni saqlaş mas’ullari, şifokorlar, şuningdek Qozon tibbiyot universitetining Jizzax filiali öqituvçi va talabalari bilan muloqotda tibbiyot klasterlari boşqaruviga yangi mexanizmlar joriy etiş, xorijiy ekspert va menejerlarni jalb etiş, mutaxassislarni bevosita özimizda öqitiş, raqamlaştiriş va sun’iy intellektdan foydalanişni kengaytiriş zarurligini ta’kidladi.

Davlat rahbari aholining tibbiy xizmatlardan roziligi eng muhim mezon ekanini körsatib, sohaga qaratilgan barça islohotlarda inson qadri ustuvor bölişi şartligini alohida qayd etdi.