Uluğbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tegişli qaror Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida qabul qilindi.
Sessiyada prezident Şavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Uluğbek Mustafoyev nomzodini ilgari surgan.
Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirişgan. Şundan söng viloyat hokimini tayinlaş masalasi ovozga qöyilgan. Ovoz beriş natijalariga köra, Uluğbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Davlat rahbari yangi hokim bildirilgan işonçni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib keliş, eksportni 500 million dollarga yetkaziş, 175 ming odamni işli qiliş, 15 ming oilani kambağallikdan çiqariş borasida qattiq işlaşi kerakligini körsatib ötdi.
Uluğbek Mustafoyev 1968 yil 14 avgustda Jizzax viloyatida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjalik institutini tamomlagan («Moliya va kredit» mutaxassisligi) va bank sohasida faoliyat yuritgan.
Xususan, 2010 yildan 2016 yilgaça Markaziy bank raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan, 2016–2017 yillarda Jizzax viloyati hokimi birinçi örinbosari bölgan. 2017 yil iyunida «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.
2019 yil martida mazkur taşkilot isloh qilinib, örnida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ taşkil etiladi. Uluğbek Mustafoyev esa «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlay boşlaydi.
U 2024 yil 19 dekabrda Ergaş Soliyev örniga Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.









