Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun Jizzaxga taşrif buyurib, yöl-transport infratuzilmasi, qişloq xöjaligi, ta’lim, tibbiyot va xizmatlar sohasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişadi hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida iştirok etadi.

Prezident matbuot xizmati taqdim etgan suratdan ma’lum bölişiça, davlat rahbari “Afrosiyob” poyezdida safarga çiqqan.

Eslatib ötamiz, 2024 yil dekabr oyidan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida Uluğbek Mustafoyev işlab kelmoqda.

Prezidentning ötgan hafta Samarqandga taşrifida 2024 yil noyabridan beri viloyat hokim v.b. sifatida işlab kelgan Adiz Boboyev uşbu lavozimga tasdiqlangan edi.