Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda IIB xodimlari bo‘ysunmasdan qochgan Lacetti'ning oynalarini sindirdi
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqda IIB xodimlari mashina oynalarini sindirib tashlagani tasvirlangan video tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 noyabr kuni soat 16:10 larda Chiroqchi tumani, "Kommuna" MFY hududidan o‘tgan ichki yo‘lda YPX xodimlari tomonidan Lacetti rusumli mashina to‘xtatilgan.
Ammo haydovchi YPX xodimlarining qonuniy talabni bajarmagan. U mashinaning oynasi va eshiklarini qulflab YPX xodimlariga hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan. So‘ng mashinani uning yo‘lini to‘sib turgan IIB va YHXB xodimlari ustiga yurg‘izgan.
Mazkur jarayonda xodimlar tomonidan maxsus vositalar qo‘llanilib, haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilganiga qaramasdan u voqea joyidan qochib ketgan.
Qayd etilishicha, hozirda YPX xodimining bildirgisi asosida bo‘ysunmay harakatlangan haydovchi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
15:59 / 15.12.2025
Bekobodda IIB xodimi mashinada odam urib o‘ldirdi. U jasadni Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025