Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlarga issiqxona uchun bojxona to‘lovini kechiktirib to‘lash imkoni yaratiladi
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona komplekslari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Joriy yil 20 sentabr kuni holatiga respublika bojxona omborlarida 10,2 ming tonna vazndagi umumiy qiymati 24,9 mln AQSh dollariga teng issiqlik komplekslari va butlovchi qismlari saqlanib kelmoqda.
Quyidagi tashkilotlarga erkin muomalaga chiqarish (import) rejimiga rasmiylashtirish uchun bojxona to‘lovlarini ta’minotsiz 2023 yil 1 yanvariga qadar bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilmoqda:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi - «Nukus green agro іmrex» MChJ;
- Buxoro viloyati - «Keong gi-agro-logistics» MChJ, «Buxara varnet» QK MChJ, «Malikobod Raximjon agro» MChJ;
- Qashqadaryo viloyati - «Tezda-kor invest» XF;
- Navoiy viloyati - «Sardoba agro eksport» MChJ, «Gani bobo bogi» MChJ;
- Namangan viloyati - «Namangan vegatables» MChJ;
- Surxondaryo viloyati - «Elnurbek-surxon» FX, «Laym-Garant» XF, «Javohir Jabborzoda» MChJ;
- Sirdaryo viloyati - «Maks-tekstil-servis» MChJ, «Mirzaobod limon yigirma ikki» MChJ, «Mirzaobod limon yigirma uch» MChJ, «Bek metal production» QK MChJ
- Toshkent viloyati - «Intertrade holding» QK MChJ, «Piskent mega omega» MChJ, «Eurogarden export» MChJ;
- Xorazm viloyati - «Xorazm agrotex» MChJ, «Global food impex» QK MChJ, «Gurlan avtosalon» MChJ, «Yanagro system» QK MChJ, «Gurlan eksport» MChJ, «Javohir-shohjahon» MChJ;
- Toshkent shahri - «Energy progress metall» MChJ, «Agro park demeter» MChJ, «Bo'chi agro» MChJ, «Haldun Can Agro», «Hayotxon Yunusbek» MChJ.
Mavzuga oid
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
11:43 / 03.12.2025
Qibray tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalar aniqlandi
11:03 / 03.12.2025
Toshkent tumanida 22 ta mahalladagi issiqxonalarda ekologik qoidalar buzilishi aniqlandi
13:38 / 26.11.2025