Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Shimoliy vokzal 16 oktyabrdan boshlab o‘z faoliyatini davom ettiradi
Toshkentdagi Shimoliy vokzal 16 oktyabrdan boshlab o‘z faoliyatini davom ettiradi, u yerdan «Afrosiyob», «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» poyezdlari va «Toshkent - Volgograd» yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnaydi. Toshkentdan Xo‘jakent, Guliston, Angren, Xovos va Bekobodga poyezdlar 16 oktyabrdan boshlab Janubiy vokzaldan yo‘lga chiqadi.
16 oktyabrdan Toshkentdagi Shimoliy vokzal o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar berdi.
«Afrosiyob», «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» tezyurar poyezdlari va «Toshkent — Volgograd — Toshkent» yo‘nalishidagi poyezd Shimoliy vokzaldan jo‘nab ketadi.
Toshkentdan Xo‘jakent, Guliston, Angren, Xovos va Bekobodga hozirda Shimoliy vokzal va «To‘qimachi» stansiyalaridan qatnayotgan shaharlararo poyezdlar 16 oktyabrdan boshlab Janubiy vokzaldan yo‘lga chiqadi.
15 sentabrdan «To‘qimachi» stansiyasida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan Shimoliy vokzaldan qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlari poytaxtning Janubiy vokzalidan yo‘lga chiqyapti.
Mavzuga oid
19:55
Xatolar tan olindimi? Peshlavha mashmashasi bo‘yicha tomonlar muloqoti
17:45
Toshkentdagi tadbirkorlarning peshlavha muammosi prezidentga olib chiqildi
14:21
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
07:36