Toşkent şahri uçun yangi xalqaro aeroport qurilişini şu yil iyul oyida boşlaş rejalaştirilmoqda. Yangi aeroport oçilgaç, hozirgisi yopiladi. Bu haqda Gazeta naşri bilan suhbatda transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev ma’lum qildi.
“Aslida konseptual yeçim bor, xususiy şerik bilan kelişilgan şartlar mavjud. Agar yangisini oçsak, eskisini yopişimiz kerak. Bu mantiqan töğri. Uning örnida aynan nima bölişi esa hozirça noma’lum”, – dedi Çoriyev Samarqandda bölib ötayotgan Osiyo taraqqiyot banki yiğilişi doirasida bergan intervyusida.
Uning sözlariga köra, loyiha böyiça davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim yakuniy bosqiçda. Bitim may oyi örtalarigaça imzolanişi kerak.
“Toşkentning yangi xalqaro aeroporti qurilişini iyul oyida boşlaymiz. Bu allaqaçon aniq. Davlat-xususiy şeriklik böyiça kelişuv may oyining örtalarigaça imzolanişi lozim. Hozirda u yakuniy bosqiçda turibdi. Imzolaşimiz bilan hukumat tomonidan qisqa körib çiqiladi, rozilik olişimiz bilan qurilişni boşlaymiz. Prezident iyul oyidan işlarni boşlaş böyiça aniq topşiriq bergan”, – dedi vazir örinbosari.
Jasurbek Çoriyevning aytişiça, DXŞ bitimi doirasida davlat aeroportni yölovçilar bilan ta’minlaş böyiça aniq majburiyatlarni öz zimmasiga olmaydi.
“Prognozlar bor va ular juda yaxşi. Bizda yillik ösiş 30 foiz atrofida. Bu juda katta körsatkiç. Buning uçun, albatta, infratuzilmani rivojlantiriş juda muhim. Tuşunib turibmizki, 2029 yilga borib hozirgi aeroportimiz öz salohiyatini töliq sarflab böladi. Şuning uçun biz samolyotlarni qabul qiliş va jönatiş böyiça imkoniyatlari kamida ikki baravar köp bölgan yangi aeroportni oçişimiz kerak”, – dedi transport vaziri örinbosari.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri uçun yangi xalqaro aeroport Toşkent viloyatining Örta Çirçiq va Quyi Çirçiq tumanlari hududida, 1300 gektar maydonda quriladi. Şavkat Mirziyoyev 2025 yil 15 oktyabr kuni qurilişga start bergan







