Poytaxt IIBB xabariga köra, u qotillikni amalga oşiriş uçun tanişiga oldindan 2 ming dollar bergan. Buyurtmaçi yollanma qotilga ayolning yaşaş manzili, xonadon raqami, avtomobili, kimlar bilan yaşaşi, qaçon uyga kirib-çiqişi haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etgan.

Şundan söng, Jinoyat-qidiruv bölimi xodimlari ayolning ölimini sahnalaştiriş böyiça maxsus tezkor tadbir ötkazgan. Ayolni öldiriş uçun yollangan şaxs esa tezkor ma’lumotlar asosida avvalroq içki işlar organlari nazoratiga olingan va keyinçalik huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilgan.

20 aprel kuni ötkazilgan tezkor tadbirda yollanma qotil buyurtmaçi bilan uçraşib, unga xotini öldirilgani haqida xabar bergan. Bu xabarni eşitgan erkak 6,5 million söm hamda jabrlanuvçi nomidagi Tracker avtomobilini topşirgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan, tergov harakatlari davom etmoqda.