Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga yangi rektor tayinlandi
Sultonov Tohirjon Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori etib tayinlandi. U bungacha TIQXMMIning Milliy tadqiqot universitetida prorektor bo‘lib ishlagan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tohirjon Sultonov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Texnika fanlari doktori, professor Tohir Sultonov 1975 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan sanoat texnologiya institutini 1996 yilda tamomlagan. Tayinlovga qadar T. Sultonov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, institutga 2021 yil 19 fevraldan beri Komiljon Komilov rektorlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026