«Yashasin Fransiya va O‘zbekiston do‘stligi!» - Makron qabul marosimida
Mirziyoyev Makronga yozuvchi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Kulayotgan odam» romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi. Makron esa O‘zbekiston rahbariga XIX asrda fransuz fotografi Pol Nadar tomonidan Jizzaxda olingan fotosuratni sovg‘a qilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga davlat qabul marosimini uyushtirdi.
Qabulda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Fransiya bosh vaziri Fransua Bayru boshchiligida Vazirlar Mahkamasi a’zolari, taniqli madaniyat, san’at va fan arboblari, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Davlat rahbari Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit Makronga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralar tarixiy ahamiyatga ega ekanini, ularning natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Fransiya yetakchisi bugun o‘tkazilgan muzokaralar natijalarini va imzolangan bitimlarni olqishladi.
«Bir necha yil ichida biz energetika, suv resurslarini boshqarish, kommunal xizmatlar, transport, barqaror turizm kabi muhim sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdik. Buning dalili sifatida Fransiya hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi ko‘magida fransuz kompaniyalari O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgani, hududlarda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratilayotgani, yoshlar kasb o‘rganib, hayotda o‘z o‘rnini topayotganini keltirishim mumkin», – dedi Emmanuel Makron.
Tomonlar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishlarini bildirdilar.
«Yashasin O‘zbekiston, yashasin Fransiya!»
Makron Yelisey saroyida uyushtirilgan qabul marosimi vaqtidagi nutqida o‘zbek tilida mulozamat ko‘rsatdi.
«Yashasin O‘zbekiston, yashasin Fransiya! Yashasin Fransiya-O‘zbekiston do‘stligi!» – degan u.
Bundan tashqari, u o‘zining Instagram sahifasida ham tashrif yuzasidan postini ikki tilda – o‘zbek va fransuz tillarida yozgan.
«Parijga xush kelibsiz, hurmatli Shavkat!
Mazkur davlat tashrifi bilan birga, biz Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada yuksaltirib, kelajakka yo‘naltirilgan sheriklik uchun berilgan va’dani bajaramiz.
Yashasin O‘zbekiston, yashasin Fransiya!» – deb yozdi Makron.
Fransiya prezidenti O‘zbekiston rahbariga XIX asrda fransuz fotografi Pol Nadar tomonidan Jizzaxda olingan «Amir Temur darvozasi. Sangzor daryosi bo‘sag‘asida» nomli fotosuratni sovg‘a qilgan.
«Bu mening vatanim», degan Shavkat Mirziyoyev va hamkasbini bag‘riga bosib qo‘ygan. Fransiya prezidenti fotosurat ikki davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa ramzi hisoblanishini ta’kidlagan.
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Kulayotgan odam» romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi.
Ushbu kitob ommaviy nashrdan chiqishi va tez orada kitobxonlar e’tiboriga havola etilishi kutilayotgani qo‘shimcha qilingan.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid

18:12 / 14.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi

11:51 / 14.03.2025
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?

17:56 / 13.03.2025
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi

17:53 / 13.03.2025