Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz ko‘rsatuvi qahramoni “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni qahramoni – oltiariqlik Zuhraxon Oripova O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida prezident farmoniga ko‘ra “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
53 yoshli vatandosh bir qo‘lidan ayrilganiga qaramay, faol mehnat bilan bandligi haqida Kun.uz 2025 yil mart oyida ko‘rsatuv e’lon qilgandi
Zuhraxon Oripova – Oltiariq tumanining Oqbo‘yra qishlog‘idan. Bir yarim yasharligida sandalga tushib ketishi oqibatida o‘ng qo‘lidan ayrilgan. Turmush o‘rtog‘i ham o‘zi kabi ikkinchi guruh nogironi. Shunga qaramay, oila qishin-yozin faol mehnat bilan band: dalaga chiqib paxta terishadi, tomorqasida bodring, rediska ekib daromad ko‘rishadi, uzum parvarishlaydi, kunlik ishlarda ishlashadi.
“Toshkentga bormaganman, to‘g‘risi, televizorda ko‘rib havas qilib o‘tiraman. Farg‘onadan chiqmaganmiz-da, mehnatdan ortib vaqt ham bo‘lmagan, endi orzu qilamiz xolos. Orzularimdan biri Toshkent shahriga borib, kinoteatrlarga, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonovalarning konsertlariga tushish. Metrolarida yurishni xohlaymiz. Umralarga, katta Hajlarga ham borish niyatimiz bor”, – degandi ikki farzandni voyaga yetkazgan dehqon ona.
Ma’lumot uchun, “Jasorat” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (hozirda 4 mln 120 ming so‘m) pul mukofoti beriladi.
Mavzuga oid
14:54 / 25.10.2025
“Gul deb o‘ylabman” – Urgutda tomorqasida 229 tup kannabis yetishtirgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi
18:29 / 13.10.2025
“Yaralanganda ham jangga kirishimiz buyurilgan” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
22:00 / 25.08.2025
Kun.uz'da chiqqan 80 yoshli bog‘bon ham davlat mukofoti bilan taqdirlandi
18:35 / 25.08.2025