Samarqand viloyatining Urgut tumanida 5 farzandning onasi bölgan ayol tomorqasida taqiqlangan ösimlik yetiştirgani uçun jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, 1982 yilda tuğilgan M.U. öz yaşaş hovlisi tomorqasiga 2025 yil aprel oyi örtalarida kelgusida ötkaziş maqsadini közlab kannabis uruğlarini ekkan. Söngra unib çiqqan 229 tup giyohvand ösimlikni parvarişlab kelgan.
2025 yil 4 avgustda ötkazilgan tezkor profilaktik tadbirda uşbu kannabislar aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olingan. Samarqand viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining xulosasiga köra, M.U. yetiştirgan ösimlik tarkibida tetrogidrokannabinol giyohvand moddasi borligi va ular kannabis ekani tasdiqlangan.
Ayol sudda öz aybiga iqrorlik bildirgan va kannabisni gul deb öylaganini aytgan.
“Turmuş örtoğim boşqa viloyatlarda ustaçilik qiladi. Uyda xöjalik işlari bilan özim şuğullanaman. Aprel oyida Urgut tumani Dehqonobod mahallasidagi dehqon bozorda notaniş ayoldan pomidor köçati va gul uruği sotib oldim. Köçatlarni hovli tomorqasiga ekdim, uruğlarni makkajöxori içiga sepib çiqdim. Gul deb ekkan uruğlarim unib çiqqanda gullamadi. Ammo katta bölgaç gullaşi mumkin, deb parvarişlab keldim. Giyohvand ösimlik ekkanimni bilmadim, bilganimda parvarişlamagan bölardim”, degan M.U. öz körsatmasida.
Şuningdek, u kannabisni biror kişiga sotiş maqsadi bölmaganini, qilmişidan puşaymonligini aytib, suddan yengillik söragan.
JIB Urgut tuman sudining 2025 yil 20 oktyabrdagi hukmi bilan M.U. Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) 1-qismi va 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan.












