Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sen yonmasang, men yonmasam, zulmatni kim yoritadi?
Yo‘lni zulmat qoplagan, agar sen yonmasang, men yonmasam, kim uni yoritadi?
Biri zimiston, biri charog‘on ikki ko‘cha oldingizdan chiqsa, qay biridan yurasiz? Albatta chiroqlari ko‘p, yorug‘ ko‘cha sizni o‘ziga chorlaydi. Mo‘minlar bamisoli yoritguvchi chiroqlardir. Ular Ollohning ko‘chasini – dinini yoriturlar. Ko‘cha qancha yorug‘ bo‘lsa, manzilga adashmasdan yetish imkoni shuncha katta bo‘ladi. Ko‘chada uzun simyog‘ochlar savlat to‘kib tursa-yu, chiroqlari yonmasa, bundan ne foyda?!
Youtube'da ko‘rish
Mover'da ko‘rish
Audio versiyasini tinglash
Shunday ekan, chin inson bo‘lish – haqiqiy mo‘min bo‘lishdir. Dunyo esa zulmat, uni chin insonlar yoritadilar. U zotlardan nurlar taraladi. Hatto soyalar ular ortidan ergashadi. U ulug‘ zotlar shu darajada nurafshonki, eng chekkalarda, ko‘chaning qorong‘i puchmoqlarida qolganlar ham ulardan taralayotgan nur orqali yo‘llarini topib oladi. Har qanday yorug‘lik masofa uzaygani sayin ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Ammo u zotlarning nuri Arshi a'lo qadar porlab turadi. Aslida, ulardagi nur Arshdan rang olgan. Olloh taolo barchamizni yo‘lni yoritguvchi bandalaridan qilsin.
Zahiriddin Mansur