Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
Donald Trampning Pekinga tashrifidan bir necha kun o‘tib, Rossiya prezidenti ham u yerga yo‘l olmoqda. Kremlga ko‘ra, Putinning tashrifi Si Jinping taklifi bilan amalga oshirilmoqda va «yaxshi qo‘shnichilik»ka oid shartnomaning 25 yilligiga bag‘ishlanadi.
Putinning Pekinga tashrifi – may, 2024 yil / Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpinning taklifiga binoan 19–20 may kunlari Xitoyga navbatdagi rasmiy tashrifni amalga oshiradi. Kreml xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida ular “ikki tomonlama munosabatlar, mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va hamkorlikni mustahkamlash” masalalarini muhokama qiladi. Safarning o‘zi esa «Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida»gi shartnomaning 25 yilligiga bag‘ishlangan.
Putin va Si shuningdek «muhim xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish« niyatida. Muzokaralar yakunida esa qandaydir qo‘shma bayonot imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Putin Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan ham uchrashadi. Unda Moskva va Pekin o‘rtasidagi iqtisodiyot va savdo siyosati sohasidagi hamkorlik haqida so‘z boradi.
Putin Xitoyga muntazam ravishda borib turadi
Kreml rahbarining Xitoyga safari AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifidan atigi bir necha kun o‘tib sodir bo‘lmoqda. Amerika prezidenti o‘z delegatsiyasi bilan birgalikda Pekindagi muzokaralarda ikki kun vaqt o‘tkazdi.
Dastlab mart oyining oxiriga rejalashtirilgan Oq uy rahbarining tashrifi — Eron bilan urush sababli qoldirilgandi. Bungacha AQSh prezidenti Pekinga 9 yil avval tashrif buyurgandi.
Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin Putin Xitoyga muntazam ravishda borib turibdi. Xususan, 2023 yildan 2025 yilgacha Putin har yili Xitoyga turli tadbirlar ishtirok etish va rasmiy tashriflar bilan keldi.
DW nashrining yozishicha, Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ham 16 may kuni Xitoy tomonidan taklifnoma olganini xabar bergan. Ular hozirda XXRga tashrif sanasini belgilash ustida ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
19:00 / 17.05.2026
Tramp Sini «do‘stim» dedi, ammo Xitoydan «quruq qo‘l» bilan qaytdi
08:43 / 16.05.2026
Putin Dnestrbo‘yi aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishni yengillashtirdi
08:29 / 15.05.2026