Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlarga “2+6” dasturi asosida subsidiya ajratiladi
Hukumat qarori bilan, o‘quv markazida chet tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga oyiga 400-800 ming so‘mdan subsidiya ajratiladigan bo‘ldi. Talabgorlar o‘rganayotgan tilini minimal darajada bo‘lsa ham bilishini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi va o‘quv kursining dastlabki 2 oyini to‘liq o‘z hisobidan to‘lashi kerak, ana shunda davlat faqat keyingi 6 oygacha bo‘lgan o‘qish pulining bir qismini qoplab beradi. Subsidiya bir yilda ko‘pi bilan 20 ming kishiga beriladi.
Hukumat qarori bilan, “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
"2+6" dasturi belgilangan xorijiy tillarni bilish bo‘yicha ballning (darajaning) kamida minimal ko‘rsatkichli sertifikatiga ega bo‘lgan ariza beruvchi o‘quv markazi tomonidan unga xorijiy tilni o‘qitish xizmatini ko‘rsatgani uchun dastlabki 2 oylik o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘laganda, keyingi 6 oygacha o‘qish xarajatini davlat qoplab beradi.
"2+6" dasturiga muvofiq, yoshlarga har oy yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
🔹 Toshkent shahrida – BHMning 2 baravarigacha;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigacha;
🔹 tuman (shahar)larda – BHMning 1 baravarigacha.
Subsidiya Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Agentlik tomonidan 2025–2026 yillarda o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan 20 ming nafargacha, 2031 yilga qadar har yili 20 ming nafargacha yoshlarga o‘qish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, o‘sha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar to‘xtatiladi.
Ariza beruvchilarning xorijiy tilni o‘qitish xarajati uchun:
▪️ o‘quv markazlarining reytingini shakllantirish uchun belgilangan tartibda elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan;
▪️ ariza beruvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi elektron platformaga integratsiya qilingan o‘quv markazlariga "2+6" dasturi doirasida subsidiya ajratiladi.
Mavzuga oid
09:30 / 13.12.2025
Tadbirkorlikka ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha yangi nazorat tartibi joriy etildi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
18:33 / 20.11.2025
Turizm sohasi uchun yangi imtiyozlar va subsidiyalar e’lon qilindi
12:39 / 07.11.2025