Tomçilatib suğoriş tizimini joriy etiş xarajatlari uçun yangidan taşkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan 8 million sömgaça subsidiya taqdim etiladi.
Şuningdek, maydoni 2 gektar va undan ziyod bölgan tutzorlar uçun vertikal suğoriş quduqlarini burğilaş va işga tuşiriş, kanallar va boşqa suv havzalaridan suv tortiş maqsadida nasos stansiyalari hamda suv inşootlarini yangidan quriş yoki rekonstruksiya qiliş bilan boğliq xarajatlarning 100 foiziga subsidiya beriladi. Bunda subsidiya miqdori 150 million sömdan oşmasligi belgilangan.
Bundan taşqari, mavjud tutzorlarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tuman hokimliklari tomonidan olib qöyiş hamda ular joylaşgan yer uçastkalarining yer fondi toifasini özgartiriş qat’iy taqiqlanadi.
Şu bilan birga, 2026 yil 1 sentabrga qadar pillachilik.uz elektron platformasini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Uşbu platforma orqali tutzorlar yer maydonlari, pilla yetiştiruvçi va qayta işlovçi korxonalar röyxati, tuzilgan şartnomalar, ipak qurti uruğining tarqatilişi hamda pilla hosilini qabul qiliş jarayonlari raqamli tarzda yuritib boriladi.
Platforma doirasida pilla yetiştiriş agrotexnikasi qoidalariga oid öquv qöllanmalar va mediakontentlarni öz içiga olgan maxsus mobil ilova ham işlab çiqilişi közda tutilgan.













