Prezident: Surxondaryoning 90 foiz aholisi toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanadi
Shavkat Mirziyoyev “To‘palang” suv omboridan Surxondaryo aholisi uchun ichimlik suvini olib kelish bo‘yicha boshlangan katta loyiha haqida gapirdi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Surxondaryo aholisi 61 foiz ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Prezidentga ko‘ra, aholiga suv olib kelish bo‘yicha bugungacha 103 kilometr tarmoq tortilib, ichimlik suvi Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘ongacha yetkazilgan.
Mas’ullarga yil yakuniga qadar Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘onda ichki suv tarmoqlarni yangilab, aholiga uzluksiz suv berishni boshlash topshirig‘i berildi.
Shu bilan birga, 1 oktyabrga qadar:
— Sherobod va Muzrabotda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihalariga Yevropa investitsiya banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 83 mln dollar;
— Sariosiyo, Denov va Jarqo‘rg‘onda oqova suvi tizimini qurish loyihasiga Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari asosida 59 mln dollar yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024