Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda mahbus ayolga belgilangan o‘lim jazosi bekor qilindi
Foto: DELFI (Š.Mažeikos nuotr.)
Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumani sudi 1,23 mlrd yuan (177 mln dollar) miqdorida firibgarlikni amalga oshirgan ayolga belgilangan o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosi bilan almashtirishga qaror qildi.
Su familiyali ayol 2013 yilda firibgarlik uchun o‘lim jazosiga mahkum qilingandi. 2015 yilda Xitoy Oliy sudi ayol politsiyaga o‘z istagi bilan taslim bo‘lganini inobatga olib uning ishini qayta ko‘rib chiqishga jo‘natgan. Takroriy sud jarayoni 2016 yilda boshlangan.
Hukmning yumshatilishi haqidagi yakuniy qaror 3 yanvarda chiqarildi. Qarorga ko‘ra, Su umrbod siyosiy huquqlardan mahrum etildi, uning shaxsiy mulki musodara qilindi.
Ayol firibgarliklarini 2006 yilda investorlarni turli loyihalarga jalb qilib va ularga katta daromadlar taklif qilib boshlagan. Ayol restoranlar, sport klublari, ko‘mir konlari va fermalarga investitsiyalar uchun jalb qila olgan mablag‘lardan 522 mln yuanni o‘zlashtirib olgan. Ayol investorlardan olgan pulining bir qismini o‘ziga ko‘chmas mulk, avtomobillar, lotereya chiptalari va zargarlik buyumlari sotib olishga sarflagan.
Mavzuga oid
13:52
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
23:35 / 12.01.2026