Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Fransiya elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi
O‘zbekiston prezidenti mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiya elchisi Oreliya Bushezni qabul qilib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun unga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 avgust kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiyaning favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.
Davlat rahbari Fransiya elchisining samarali faoliyati hamda ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.
Bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi o‘zaro tashriflar O‘zbekiston–Fransiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgani ta’kidlandi.
Keyingi yillarda tovar ayirboshlash 4 barobar ko‘paydi, Fransiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda. Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida ko‘rgazmalar katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi.
Parij shahri yaqinida Beruniy haykali ochildi. Fransiya poytaxtidagi ko‘chaga Samarqand nomi berildi. Joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston–Fransiya universiteti o‘z ishini boshlaydi.
Shavkat Mirziyoyev uchrashuv yakunida elchi Oreliya Bushezga O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Mavzuga oid
22:03 / 18.12.2025
Fransiyada o‘nlab bemorlarni zaharlagan anesteziolog umrbod qamoq jazosini oldi
11:52 / 16.12.2025
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
08:59 / 11.12.2025
Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina yuzasidan keskin bahslashganini aytdi
12:21 / 09.12.2025