O‘zbekiston | 23:23 / 29.11.2025
4238
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirliklar xodimlarining soliq qarzi haqida ma’lumot berib boriladi

O‘zbekistonda vazirliklar va ijro hokimiyatining respublika idoralarida ishlaydigan xodimlarning soliq qarzi haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar har 3 oyda e’lon qilib boriladi. Prezident qarorida belgilanishicha, davlat xizmatchilari soliq intizomi bo‘yicha aholiga namuna bo‘lishi kerak.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan, davlat xizmatchilari soliq to‘lash intizomi borasida aholiga namuna bo‘lishi lozimligi belgilandi.

Shu maqsadda, har 3 oyda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida xodimlarning soliq qarzi haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar faqatgina vazirliklar va idoralar (tarkibidagi tashkilotlarni inobatga olgan holda) kesimida e’lon qilib boriladi.

Bunda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etgan holda, har chorak yakuni bo‘yicha ma’lumotlar keyingi oyning 25-sanasiga qadar Soliq qo‘mitasining rasmiy saytiga joylanadi.

Ushbu qaror asosida, shuningdek:

  • jismoniy shaxslardan soliq qarzini undirishda elektr energiyasining billing tizimidan foydalaniladi;
  • jismoniy shaxslarga soliq qarzi haqida mobil ilovalarda eslatib turiladi.
Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid