Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Muhiddinoviç Mirzayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident raisligidagi videoselektorda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari Şayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan Çorsu bozorida tölov intizomi joyiga qöyilmagani, Malika savdo kompleksida esa ahvol bundan ham ayançli ekanini körsatib ötgan.
Kompleksda 1,5 mingga yaqin tadbirkor faoliyat yuritsa-da, ularning faqat törtdan biri röyxatdan ötgan, 25 foizi oyiga 1 million söm ham soliq tölamayapti. Şuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yeçib olingan 600 milliard sömlik savdo tuşumi yaşirilgan.
Toşkent şahar soliq boşqarmasi budjet rejasini yaxşi işlayotgan tadbirkorlarga ortiqça tölov qildiriş hisobidan bajarayotgani, jumladan, 46,4 ming korxonadan 876 milliard söm ortiqça tölov undirilganini qayd etilgan.
Soliq qömitasida qöşilgan qiymat soliğidan sun’iy ortiqça tölov hosil qiliş orqali uni budjetdan noqonuniy qoplaş holatlari köpaygan. Ötgan yilda mazkur soliqni noqonuniy qaytariş böyiça 20 nafar soliq xodimiga jinoyat işi qözğatilgan.
«Uşbu yönalişga javobgar bölgan, yetti yildan beri işlab kelayotgan qömita raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevning loqaydligi va mas’uliyatsizligi körsatib ötildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uçun, Mubin Mirzayev 1969 yilda tuğilgan, Toşkent davlat universitetini va Toşkent Moliya institutini tamomlagan, Yaponiya siyosiy tadqiqotlar milliy instituti magistri hisoblanadi. U 2006–2008 yillarda Markaziy bankda monetar siyosat va iqtisodiy tahlil departamentini boşqargan.
Muqaddam Özbekiston Moliya vaziri örinbosari lavozimida işlagan Mubin Mirzayev 2017 yil avgustida Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantiriş va xalqaro moliya institutlari bilan işlaş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
2018 yil dekabridan buyon soliq qömitasi raisi birinçi örinbosari lavozimida işlayotgandi.












