Şavkat Mirziyoyev 27 yanvarda bölib ötgan yiğilişda Toşkent şahri soliq idoralarini tanqid qildi va qator rahbarlarini işdan oldi.

Xususan, Şayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boşliği Hojiakbar Mullajonov va Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliği Yunusjon Nasimjonovni işdan oliş, faoliyatini örganib, qonun ustuvorligini ta’minlaş topşirildi.

Soliq qömitasining yangi raisi Farrux Pölatovga Toşkent şahridagi barça tuman soliq inspeksiyalarining boşliqlarini işdan olib, vazifasini bajaruvçi qilib qöyiş topşirildi.

Qömita raisi va qömitaga tayinlangan komplayens böyiça yangi örinbosar A.Soliyevga korrupsiyaga murosasiz muhitni yaratiş, Toşkent şahri soliq rahbarlarining lavozimga loyiqligini körib çiqib, ularning örnini vatanparvar, yangilikka intilib işlaydigan şijoatli yoşlar bilan töldiriş vazifasi qöyildi.

Boş prokuratura huzuridagi departamentning şahar boşqarmasi boşliği örinbosari A.Ğaniyev qöştirnoq ostidagi «tadbirkor»larga soliqdan qoçişda yöl körsatib yurgani uçun uni bugunning özida işdan oliş topşirildi.

A.Soliyev va Toşkent şahar hokimiga komplayens böyiça örinbosar etib tayinlangan M.Mirhamidov poytaxtda yaşirin iqtisodiyotga qarşi murosasiz muhit yaratişga mas’ul bölişi belgilandi.

Hojiakbar Mullajonov 1988 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2010 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2014 yildan Toşkent şahri Ğaznaçilik boşqarmasi Şayxontohur tumani bölimida inspektorlikdan boşlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Yakkasaroy tumani Ğaznaçilik bölinmasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelgan. 2019 yil iyunida Şayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği etib tayinlangandi.

Yunusjon Nasimjonov 1967 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Soliq organlaridagi faoliyati davomida Farğona va Jizzax viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği, Toşkent şahar Yaşnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği lavozimlarida işlagan, bir muddat Soliq qömitasi raisiga örinbosar bölgan. 2021 yil noyabrida Özbekiston prezidenti farmoyişi bilan Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.