O‘zbekiston | 16:00 / 31.08.2018
14929
2 daqiqa o‘qiladi

Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra polkovnik Iqboljon Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Iqboljon Abdurahmonov

Iqboljon Abdurahmonov 1997 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi)ni tamomlagan. Xizmat faoliyati davomida Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2002 yilda “Jasorat” medali, 2013 yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Ruftullo Nigmatov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘ining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ruftullo Nigmatov

Ruftullo Nigmatov 2002 yilda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini tamomlagan. Xizmat faoliyati davomida Markaziy va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2013 yildan buyon Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy-ilmiy tadqiqot markazi bo‘limi boshlig‘i, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, o‘quv ishlari bo‘yicha Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

Mavzuga oid